“Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018-yil 26-aprel kuni o‘tkazilgan majlisda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, hozirgi kunda “Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” Davlat dasturi loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Bu maqsadda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida manfaatdor vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat Respublika ishchi guruhi tuzilib, tezkor Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Joriy yilning 28-30-aprel kunlari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashida Dastur loyihasi tayyorlanib, tegishli vazirlik-idoralarning rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy kengashlari raislari, shuningdek, malakali mutaxasssislar ishtirokida keng muhokama qilindi.

“Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” Davlat dasturi loyihasi 5 ta yo‘nalishda 131 ta banddan iborat bo‘lib,yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash,yoshlarni ijtimoiy himoyalash va bandligini ta’minlash, yoshlar jinoyatchiligini oldini olish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish kabi muhim masalalarni qamrab olmoqda.

Dastur loyihasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining 10 ta Qonuni loyihasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining3 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining12 taqarori loyihalarini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.

Dasturga kiritish uchun takliflar bildirishni istovchilar o‘z loyiha va tashabbuslarini tahlil@yi.uz manziliga yo‘llashlari mumkinligini bildiramiz.

Fikr bildirish