1 savolga 1 javob

— 2011 yilda universitetdan chetlatilganman. Ayting-chi, hozir o‘qishimni qayta tiklay olamanmi?

Sanjar RAHMONOV Bulung‘ur tumani

Savolga huquqshunos Aziza TOLIPOVA javob beradi:
— Ha. O‘qishdan ko‘pi bilan 10 yil oldin chetlatilgan (harbiy xizmat, uch yoshgacha bo‘lgan bola parvarishi uchun olingan mehnat ta’tili hamda sog‘liqni qayta tiklash vaqti ushbu muddatga kirmaydi) talaba tegishli oliy ta’lim muassasasi bo‘ysinuvchi vazirlik yoki idora ruxsati bilan o‘qishini qayta tiklashi mumkin.
Kuzgi semestrdan o‘qishni davom ettirmoqchi bo‘lgan talabgorlardan arizalar har yilning 15 iyulidan
5 avgustigacha, bahorgi semestr uchun esa, 20 dekabrdan keyingi yilning 20 yanvariga qadar qabul qilinadi.
(Yosh huquqshunoslar kengashi bilan hamkorlikda tayyorlandi).