Psixlog maslahati

— Jahlim tez. Arzimas narsaga ham qizishib ketaman. Oqibatda yaqinlarimning dilini og‘ritib qo‘yaman. Maslahat bering, qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

Salima O‘ROZOVA Qiziltepa tumani

— Yaqinlaringizga bo‘lgan mehrni kuchaytirishingiz zarur. Buning uchun har kuni o‘zingizga-o‘zingiz “Mening jahlim chiqmaydi. Har qanday vaziyatda ham sokinman. O‘zimni, yaqinlarimni, umuman, barchani hurmat qilaman va yaxshi ko‘raman”, — deb takrorlashingiz kerak.
Uyqudan oldin va keyin o‘n marta chuqur nafas oling. Qalam, ruchka yoki barmog‘ingizni bir daqiqa mobaynida tishlab turing. Kayfiyatingiz darhol ko‘tariladi. Sizga salbiy ta’sir qiladigan narsalarga e’tibor qilmay qo‘yasiz. Bu maslahatga har kuni rioya etish maqsadga muvofiq.
Optimist bo‘ling. Hayotdan zavq oling. Ko‘zingizda rozilik alomati aks etib tursin. Shunda baxt va omad hamrohingiz bo‘ladi.