Bilasizmi?

Mamlakatimizdagi maktablarda ta’tillar muddati quyidagicha belgilangan:

— kuzgi ta’til — 4 noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
— qishki ta’til — 28 dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
— bahorgi ta’til — 21 martdan boshlab 7 kalendar kun;
— yozgi ta’til — oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan keyingi kundan) boshlab 1 sentabrgacha.
Ta’tilning oxirgi kuni bayram, dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelib qolsa, dars mashg‘ulotlari keyingi ish kunidan boshlab davom ettiriladi.
1-sinf o‘quvchilari uchun fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

Manba: Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali.