1 savolga 1 javob

— Magistraturaga shartnoma asosida o‘qishga qabul qilindim. Hozir yarim stavkada ishlayman. Oyligimni kontrakt to‘loviga yo‘naltirsam, mendan daromad solig‘i olinadimi?

Mirbosit MIRVAFOYEV
Toshkent shahri

Savolga Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi xodimi Mansur ISRAILOV javob beradi:

— Soliq kodeksiga ko‘ra, fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun (o‘zining o‘qishi yoki yigirma olti yoshga to‘lmagan farzandlarining o‘qishi uchun) yo‘naltiriladigan summalariga soliq solinmaydi. Ya’ni, siz o‘qishingiz uchun oylik ish haqini yo‘naltiradigan bo‘lsangiz, undan daromad solig‘i ushlab qolinmaydi.