Bilasizmi?

Ta’lim muassasalari hududida ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:
— telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
— telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;
— telefoni yordamida:
atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vanda­lizm holatlarini suratga olish va ke­yinchalik ularni atrofdagilarga namo­yish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;
— o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:
telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
telefonni stol ustiga qo‘yish;
musiqa, shu jumladan, naushniklar orqali tinglash;
surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;
suratga olish va video tasvirga tushirish:
telefon (GPRS, Bluetooth, internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.