Psixolog maslahati

–– Yoshim o‘n yettida. Avvallari sirlarimni faqat onam bilan bo‘lishardim. Hozir esa gaplarimiz bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, tez janjallashib qolamiz. Ichimni kemiraman, aziyat chekaman. Lekin vaziyatni o‘zgartirish qo‘limdan kelmaydi. Nima qilsam bo‘ladi?

Nigora RASULOVA
Toshkent shahri

Savolga ruhshunos Mirjavlon MIRSHARIPOV javob beradi:

— Siz ta’riflagan ziddiyatli vaziyatga 16-19 yoshli qizlar ko‘p tushadi. Chunki bu yoshda inson o‘z-o‘ziga xolis baho bera olmaydi. Lekin bunday psixo­logik holat ma’lum bir muddatdan so‘ng o‘tib ketadi. Biroz vaqt kerak, xolos. Ota-onalarga o‘smir farzandlari bilan, u xoh qiz bo‘lsin, xoh yigit ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni tavsiya qila­man. Qizimiz esa, onasining o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rsin. Shunda ular bir-birini tushunishi osonlashadi.