Psixolog maslahati

— Yoshim o‘ttizda. Shu paytgacha bironta ham xorijiy tilni o‘rganishga qunt qilma­dim. Endi esa, kasbim shuni taqozo qilyapti. Bilimsizligimdan juda uyalyapman. Maslahat bersangiz, qanday qilib qisqa muddatda chet tillarini o‘rganishim mumkin?

Surayyo XOLMATOVA
Denov tumani

Savolga psixolog Zebiniso AHMEDOVA javob beradi:
— Ilm olishning erta-kechi yo‘q. Shunday ekan, avvalo, o‘zingizga ishoning. Albatta, bir ishning uddasidan chiqmoqchimisiz, mehnat qi­lishdan qochmang.
Xorijiy tillarni o‘rganayotganlarning ko‘pchiligi shu tilda erkin muloqot qilishdan qo‘rqadi, aniqrog‘i, cho‘chiydi. Muammodan qutulishni istasangiz mashq qilishdan to‘xtamang. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zga millat vakillaridan do‘stlar orttirish ham foydadan xoli emas.
Til o‘rganish anchayin qunt, e’tibor talab qiladi. Amaliyot va yana amaliyot bilan mashg‘ul bo‘ling. Telefoningizni o‘sha tilga moslashti­ring, xorijiy tildagi adabiyotlarni o‘qing, subtitrli filmlarni tomosha qiling.
Mustaqil ta’lim olish yaxshi, albatta. Ammo ma­lakali pedagogning yordami baribir asqatadi.