Psixolog maslahati

– Qizim 23 yoshda. Universitetni tamomladi. Endi chet elda ishlamoqchi. Otasi ikkimiz qarshimiz. Shundan buyon to‘nini teskari kiyib olgan. Bu holatda qanday yo‘l tutsak ekan?

Lobar IKROMOVA
Toshkent shahri

Savoga psixolog Feruza TALIPOVA javob beradi:

— Farzand xohishini inobatga olish kerak. Ustiga-ustak, qizingiz yosh bola emas. Boshqa mamlakat unga nimasi bilan qiziq ekanini aniqlashga harakat qiling. Kelajakdagi maqsad-rejalari haqida so‘rang va shunga qarab ish tuting. Xalqimiz tushunchasida qiz bolaning begona yurtda uzoq vaqt yolg‘iz qolib ketishi to‘g‘ri emasligini yotig‘i bilan tushuntirishga harakat qiling.
Yuqoridagi urinishlar samara bermasa, qizingizni psixolog qabuliga olib boring. Balki, siz ko‘ra olmayotgan boshqa — yashirin jihatlar ayon bo‘lar.