Psixolog maslahati

– O‘g‘lim balandlikdan, liftdan qo‘rqardi. 15 yoshga kiribdi hamki, shu holatdan qutula olgani yo‘q. Nima qilsak bo‘ladi?

Nozima TURSUNOVA
Toshkent shahri

Savolga ruhshunos Ma’ruf KUBAYEV javob beradi:

— Qo‘rquv doimo ong ostida yashirinib turadi. Bu holatda insonga tashqaridan kimdir yordam bera olishi dargumon. Qo‘rquv hissini biroz korreksiya qilish mumkin. Shunda ham malakali psixolog yordamisiz ish bitmaydi. Mijozning yaqin kishilari esa, bunday vaziyatda doimo birga bo‘lib, dalda berishi, to‘g‘ri tushuntirish ishlarini olib borishi maqsadga muvofiq.