Psixolog maslahati

–– O‘g‘lim sakkizinchi sinfga o‘tdi hamki, qo‘liga kitob olib o‘qiganini ko‘rmadim. Nuqul telefon va kompyuter o‘ynaydi. Qancha koyimayin, foydasi yo‘q. Vaholanki, men va otasi ziyolilar oilasidan. Qo‘limizdan hech vaqt kitob tushmagan. Bolamizga qanday qilib o‘rnak ko‘rsatsak bo‘ladi?

Zamira TURSUNOVA
Toshkent shahri

Savolga psixolog Mirjavlon MIRSHARIPOV javob beradi.

–– Farzandni urushish yoki buyruq berish yo‘li bilan ma’rifatga boshlab bo‘lmaydi. Agressiya ko‘rsatish yechim emas. Bu bilan bolada nafaqat o‘zingiz, balki kitobga ham nafrat uyg‘otasiz.
O‘g‘lingiz zamonaviy texnologiyalar, turli gadjetlarga qiziqyaptimi, unga shu mazmundagi kitoblar olib bering. Bolani mutolaaga majburlab emas, tavsiya yo‘li orqali qiziqtirgan ma’qul. Farzandingiz bilan o‘qiganlari to‘g‘risida suhbat qurish ham yaxshi natija beradi.