1 savolga 1 javob

— Muddatli harbiy xizmatga chaqirilish muddatini kechiktirish mumkinmi? Agar mumkin bo‘lsa, qanday hollarda?

Husniddin BAHRIDDINOV
G‘allaorol tumani

Savolga huquqshunos Gulnoza YO‘LDASHEVA javob beradi:

— Chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatga va safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilish muddatini oilaviy sharoitga ko‘ra kechiktirish mumkin. Bunga quyidagilar kiradi:
chaqiriluvchining ota-onasi mehnatga qobiliyatsiz (mazkur holat qonunga muvofiq aniqlanadi) bo‘lib, ularni boqishga qurbi yetadigan mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa;
chaqiriluvchining mehnatga qobiliyatli yolg‘iz onasi yoki otasi bo‘lib, ularning qaramog‘ida o‘n olti yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lgani holda mehnatga qobiliyatli voyaga yetgan boshqa o‘g‘li bo‘lmasa;
chaqiruv kunida chaqiriluvchining tug‘ishgan aka-ukalaridan biri muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan bo‘lsa;
chaqiriluvchining onasiz tarbiyalanayotgan voyaga
yetmagan farzandi bo‘lsa;
chaqiriluvchining I yoki II guruh nogironligi bor xotini, shuningdek, voyaga yetmagan ikki va undan ortiq farzandi bo‘lsa.

(Yosh huquqshunoslar kengashi bilan hamkorlikda tayyorlandi).