1 savolga 1 javob

— Yoshim 17 da. Muzeylarga bepul kirish mumkinligi haqida eshitdim. Men ham shu imtiyozdan foydalansam bo‘ladimi?

Azimjon UBAYDULLAYEV
Toshkent shahri

Savolga huquqshunos Bahrom ILHOMJONOV javob beradi:

— Ha, bo‘ladi. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi qarori bilan tasdiqlangan “Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib ko‘rish tartibi va shartlari to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq, haftaning har seshanba va juma kunlari 18 yoshgacha bo‘lgan yi­git-qizlar hamda ularga hamrohlik qiluvchi ota-ona (yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs)lar davlat muzeylariga bepul kiritiladi.

(Yosh huquqshunoslar kengashi bilan hamkorlikda tayyorlandi).