Bilasizmi?

O‘n va undan ortiq odamdan iborat guruhlarga transport chiptasini sotib olishda quyidagi chegirmalar taqdim qilinadi:
– harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km gacha bo‘lganda:
guruhda 24 nafargacha odam bo‘lsa, chiptalarning umumiy to‘liq qiy­matidan 10 foiz;
guruhda 25 nafar va undan ortiq odam bo‘lsa, chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 15 foiz;
– harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km dan ortiq bo‘lganda:
guruhda 24 nafargacha odam bo‘lsa, chiptalarning umumiy to‘liq qiy­matidan 20 foiz;
guruhda 25 nafar va undan ortiq odam bo‘lsa, chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 30 foiz.

Manba: Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali.