O’qing, bu qiziq!

Islandiyada Rojdestvo bayrami arafasida odamlar bir-biri bilan kitob almashib, uni ertalabgacha mutolaa qiladi.
“Rojdestvo kitobxonlari” deb nomlanuvchi mazkur an’ana Ikkinchi jahon urushi yillarida paydo bo‘lgan. O‘sha paytda qog‘oz qimmatligi sabab, kitoblar kam nashr qilinardi. Shu bois islandiyaliklar bir-biriga kitob ulashishni odat qilgan.
1944-yildan buyon noyabr oyi o‘rtalarida mamlakatda “Kitoblar sharhi” deb nomlangan maxsus katalog chop etilib, barcha xonadonlarga tarqatiladi. Odamlar sovg‘a uchun o‘zlariga ma’qul kelgan kitobni tanlab, unga buyurtma beradi. Sovg‘alar
24-dekabrda ochiladi va an’anaga ko‘ra, har kim issiq shokolad yoki ichimlik ichib o‘tirgan holda, o‘ziga sovg‘a qilingan kitob mutolaasiga beriladi.

Erkin ABDUSATTOROV tayyorladi.