Psixolog maslahati

– Yoshim 21 da. Dugonam bilan juda ahilmiz. Lekin ba’zi masalalarda qattiq tortishib qolamiz. U birovning fikri to‘g‘riligini tan olgisi kelmaydi. Dugonamning bu fe’lini o‘zgartirish uchun nima qilsam bo‘ladi?

Nigora SAIDOVA Samarqand shahri

Savolga psixolog Feruza TOLIPOVA javob beradi:

— O‘ziga ishonchi baland va mustaqil fikriga ega inson kuchli, deb tan oli­nishga loyiq. Lekin bo‘lar-bo‘lmasga boshqalarning fikrini inkor etish hech kimga yarashmaydi. Dugonangizning bunday fe’l-atvori atrofdagi odamlarni boricha qabul qila olmasligidan dalolat beradi. Mazkur holat bora-bora kishi asab tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Dugonangizga hayotdagi istalgan odam yoki voqea-hodisani saboqdek qabul qilish lozimligini uqtiring. Boshqalar fikrini mensimaslik qan­chalik noto‘g‘ri ekani va juda xunuk ko‘rinishini aniq misollar orqali tushun­tirishga harakat qiling.