Bilasizmi?

Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining o‘quvchilariga elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari bepul beriladi.

***

Bolalikdan nogiron farzandlarning onalari ularni sakkiz yoshgacha tarbiyalagan bo‘lsa — ish staji kamida 20 yil bo‘lgan taqdirda umumiy belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda imtiyozli pensiya olish huquqiga ega.
Basharti, ayol o‘gay o‘g‘il va qizni ular 8 yoshga to‘lguniga qadar kamida 5 yil tarbiyalagan bo‘lsa, pensiya tayinlashda ular haqiqiy farzandlar bilan teng ravishda hisobga olinadi.

Manba: Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali.