Psixolog maslahati

— Biror ish boshlashimdan oldin hayajon va qo‘rquv bosadi. Oldindan reja tuzib qo‘yaman-u, ortga suraman. Maslahat bering, bunday paytda nima qilsam bo‘ladi?

Nigina BOBOYEVA
Boysun tumani

Savolga psixolog Feruza TOLIPOVA javob beradi:

— Kuchli hayajon qo‘rquvga sabab bo‘ladi. Bunday paytda birinchi navbatda o‘zingizga ishoning. Qo‘rqishingizga sabab bo‘lgan barcha omillarni qog‘ozga yozib, ikki daqiqa davomida o‘qib chiqing. Bilganingizcha masalaning yechimini toping. So‘ng bor kuchingiz bilan qog‘ozni g‘ijimlab, men, albatta, bu ishni uddalayman, bu ertangi kunim uchun juda muhim, deb takrorlang. Ushbu mashq­ni hafta davomida qaytarib turing. Ko‘zlagan maqsadingizni bajaradigan kun kelganda ertalab oynaga qarab “Men kuchliman, hammasini uddalayman”, deb o‘zingizga so‘z bering. Bundan oldin amalga oshirgan ishla­ringiz oldida navbatdagisini oddiy bir vazifa deb biling. O‘ylaymanki, sizdagi muammolar shu tariqa o‘z yechimini topadi.