Psixolog maslahati

— O‘g‘lim besh yoshda, juda ham sho‘x. Bog‘chadagi tarbiyachilari uni to‘polonchi ekanini, lekin biror savol berilsa, aniq javob berishini aytadi. Men bilan esa, gaplashgisi kelmaydi, faqat sho‘xlik qiladi. Dadasi bilan umuman boshqacha munosabatda bo‘ladi. Buning sababi nima?

Shahlo MIRBOTIROVA,
Toshkent shahri

Savolga psixolog Feruza TOLIPOVA javob beradi:

— Farzandingiz tarbiyasida noto‘g‘ri yo‘l tanlagansiz. U bilan kattalardek munosabatda bo‘lganingiz bois, bola buni hazm qilolmayapti. Shuning uchun uning so‘zlari, sho‘xliklarini to‘g‘ri qabul quling. Vaqti kelsa birga o‘ynang, dildan suhbatlashing. Qilgan ishlarini, yasagan narsalari yoki chizgan suratlarini maqtang. Tez-tez rahbatlantirib tu­ring. Shunda bolangizning siz bilan munosabati yaxshi bo‘lib, sizdan maslahat olishga intiladi.