Psixolog maslahati

– Dugonamning 3 yoshli farzandi bor. Negadir uni ko‘p turtkilab, urisha­veradi. Aytishicha, shunday qilmasa bola taltayib ketarmish. Bu to‘g‘rimi?

Madina ISROILOVA
Olmazor tumani

Savolga psixolog Feruza TOLIPOVA javob beradi:

–– Bola necha yoshda bo‘lishidan qat’i nazar, jamoat joyida, begonalar oldida urishish mumkin emas. Buning ta’sirida bolada “Men kerak emasman, mening gapim muhim emas”, degan fikr tug‘i­lib, o‘ziga, ota-onasiga bo‘lgan ishonchsizlik ortadi. Keyinchalik tengqurlarining oldida hatto biladigan narsalarini ham gapira olmaydi. Bu esa o‘z-o‘zidan uning fikrini bayon etishida, keyinchalik o‘qish jarayonlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.