КИТОБ ЭНГ ЯҚИН ДЎСТ

Kitob mutolaasi ko‘ngil xohishi bilan bog‘liq mashg‘ulot. Albatta, hech kim birovni kitob o‘qishga majburlay olmaydi. Aksincha, mutolaaga da’vat etish mumkin xolos.

Avvalari insonlar poyezd, avtobus va metroga chiqqanida kattayu-kichikning qo‘lida kitob, gazeta hamda jurnallar bo’lardi. Bugun texnika va texnologiyalar yuksalib borayotgan bir davrda yashayotgan ekanmiz, texnika olami bizni batamom qurshab oldi. Hatto insonlar telefon yostiqni tagida turmasa uhlay olmaydigan bo’lib qoldi. Bugungi kunda kitoblarga kam murojaat qiladigan bo‘lib qoldik, ko‘proq mobil telefonda gaplashishni yoki bizga kerakli ma‘lumotni internetdan qisqa muddat ichida topishni kitob o‘qishdan ko‘ra afzal bilamiz. To’g’ri XXI – asr texnologiya asri, lekin shuni ham unutmaslik kerakki, na internet, na telefon, na kino va na teleserial kitob o‘qishning zavq-shavqini berolmaydi. Chunki kitob o‘qish insonning ma’naviyatini boyitadi, dunyoqarashni o‘stiradi. Bir so‘z bilan aytganda kitob insonni xar tomonlama ma‘naviy komillik sari yetaklaydi.

Dunyoda turfa ilmlar, bilimlar ko‘p. Ularni ifoda etuvchi kitoblarning son-sanog‘i yo‘q. Allomalardan biri “Agar inson kitob o‘qishdan to‘xtasa, u fikrlashdan ham to‘xtaydi, degan edi. U Insonni har qanday qabih ishdan, qabih niyatdan asrashi mumkin. Shuning uchun ham kitob insonga eng yaxshi do‘st hisoblanadi.

Behruzbek Rajabov
Xorazm viloyati 

Qo’shko’pir tuman «Yoshlar ittifoqi» sardori