Andijonda «Biz korrupsiyaga qarshimiz» nomidagi viloyat anjumani o’tkazildi

Jamiyat hayotida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, yoshlar o‘rtasida salbiy holatlar va korrupsiya holatlariga barham berish maqsadida Ittifoqning Andijon viloyat Kengashi tomonidan «Biz korrupsiyaga qarshimiz» mavzusidagi anjuman bo’lib o’tdi.

Andijon viloyati prokuraturasi, O’zbekiston musulmonlar idorasi Andijon viloyat vakilligi, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, viloyat Davlat soliq boshqarmasining mas’ul xodimlari, Yoshlar ittifoqining viloyat va mahalliy Kengashi raislari va xodimlari, «Yoshlar – Kelajagimiz» jamg’armasi tuman-shaharlar filiali rahbarlari, o’quvchi-yoshlar hamda OAV ishtirok etdi.

Anjumanda viloyat Kengashi raisi Oybek Yuldashev korrupsiyaga oid jinoyatlarga barham berish borasida tanqidiy fikrlarni aytib o’tdi. Shundan so’ng imom-hatib Isomiddin Shamsiddinov korrupsiya va poraxo’rlikning salbiy oqibatlari bo’yicha ma’ruzasida, inson faqatgina halollik bilan natijaga erishishini ta’kidlab o’tdi.

Yakunda korrupsiyani oldini olish bo’yicha yoshlarning huquqiy ongini oshirishga qaratilgan «Korrupsiyaga qarshi kurashish vazifamizdir», «O’z kelajagingga o’zing qayg’ur», «Korrupsiyaga – yo’q deymiz!» shiorlari ostidagi loyihalarni yanada ko’proq tashkil etilishi belgilandi.

Avazbek Arabboyev