Andijonlik yoshlar fermerlikning yangi istiqbolini yaratmoqchi

«Tomorqa – daromad manbai» ekanligini bilgan andijonlik yoshlar fermerlikning sir-asrorlarini o’rganish maqsadida tajribalarini oshirmoqda.

Bugun bandligi taʼminlanmagan, chet davlatlarida ishlab qaytgan, tadbirkorlik va fermerlik faoliyatiga qiziquvchi yoshlar hamda kollej oʻquvchilari Asaka tumanidagi “Sabo hamkor” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli gidroponika usulida barpo etilgan zamonaviy issiqxonaga bordilar.

Issiqxonada yoshlar gidroponika usulida ekilgan pomidor, banan mahsulotlarini zamonaviy texnologiyalarni joriy etgan holda parvarishlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

-Bugun biz mutaxassislar tomonidan berilgan maʼlumotlar orqali oʻzimiz uchun zarur boʻlgan bilimlarga ega boʻldik. Kelajakda limonariya tashkil qilishni rejalashtirayotgan edim. Mazkur sayohat ana shu kelajakdagi rejalarimni amalga oshirishda menga va men kabi tengdoshlarimga yordam beradi, dedi Z.Abdunabiyev.

O’tkazilgan loyihada 100 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdilar.

Avazbek ARABBOYEV