Bugungi yetakchi ertangi rahbar

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining Yetakchilar Kengashi yoshlarimiz orasida muhim rol oʻynaydi. Buni esa oʻtgan yil misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Ochigʻini aytganda Yetakchilar Kengashi aʼzolari yoshlar orasiga kira oldi. Tengdosh tengdoshga tamoyili esa oʻzining yaqqol ifodasini koʻrsata oldi.

Shu sababli ham Respublika Yetakchilar Kengashi aʼzolari tomonidan bu yil 15-yanvardan 15-fevralga qadar «Yetakchilar malakasini oshirish» oyligi  faoliyatini boshlandi.

Oylik Qashqadaryo viloyatida ham qizgʻin tayyorgarlik bilan boshlandi. Dastavval barcha tuman Yetakchilar Kengashi aʼzolariga oʻquv-seminari tashkil etildi. Qashqadaryo viloyati Yetakchilar Kengashi aʼzolari mahalliy Yetakchilar Kengashi aʼzolari bilan aloqalarni yoʻlga qoʻyish, ularning faoliyatini oʻrganish maqsadida hozirgi kunda Qarshi, Dehqonobod, Kasbi, Koson, Mirishkor, Nishon, Muborak, Qamashi tumanlarga tashrif buyurdi. Barcha tumanlarda oylik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi, yoshlar fikrlari bilan oʻrtoqlashdi, ularning savol va takliflarini oʻrgandi.

– Oʻtgan yili ham Qarshi tuman Yetakchilar Kengashi raʼsi boʻlib faoliyat yuritganman. Oʻtgan vaqt mobaynida koʻplab loyihalar, tanlovlar va oʻquv seminarlari tashkil etganmiz. Bu yil ham oldimizga qoʻygan maqsadlarimiz juda katta bu uchun esa Yetakchilar Kengashi aʼzolarining bu yilgi yangi aʼzolarining malakasi muhim rol oʻynaydi. Oʻtkazilayotgan oylik esa bizga juda qoʻl kelmoqda, — deydi Qarshi tuman Yetakchilar Kengashi aʼzosi Doniyor Ostonoqulov.

Yetakchilar Kengashi aʼzolari uchun, yaʼni maʼnaviy-maʼrifiy va axloqiy ishlar yoʻnalishi yetakchilari uchun soha mutaxassislari va psixologlar tomonidan oʻquv-treninglari, Siyosiy-huquqiy ishlar yoʻnalishi yetakchilari uchun esa doimiy soha mutaxassislari tomonidan oʻquv seminarlari tashkil etildi. Deputatlar ham oylik doirasida faol ishtirok etdi. Sport sogʻlomlashtirish va harbiy vatanparvarlik yoʻnalishi yetakchilarining maʼnaviy-marifiy saviyasini oshirish, ularning fikrlash doirasini kengaytirishga qaratilgan seminar treninglar, yoshlarning xarbiy qismlarga sayohatlari, soxa mutaxassislaridan «Sportchi etiketi», «Mashaqqatni qanday yengish kerak?» mavzularida ochiq davra suhbatlari tashkil etildi. Yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish yoʻnalishi yetakchilari uchun biznes-seminarlar, korxona va tashkilotlarga tashrif uyushtirildi. Ijtimoiy himoya yoʻnalishi yetakchilari esa uyda taʼlim oluvchi yoshlar, qariyalar uyidagi nuroniy otaxon va onaxonlar xolidan xabar oldi. Shuningdek oylik yuzasidan Press klub yetakchilari uchun soxa mutaxassislaridan «Jurnalist madaniyati va jurnalistika sirlari», «Nutq madaniyati», «Ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat yuritish» mavzularida seminar-treninglar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Qashqadaryo viloyati Yetakchilar Kengashi aʼzolari eng quyi qism hisoblanadigan kollej va akademik litseylardagi guruh Yetakchilar Kengashi aʼzolariga boʻlgani eʼtibori juda yuqori. Shu sababli ham koʻpincha ular bilan ishlashga, ularning faoliyatini oʻrganishga harakat qildi. Bu kabi loyihalar shuning bilan tugamaydi, loyiha va tashabbuslarimiz hali oldinda juda koʻp.

Qashqadaryo viloyati

Yetakchilar Kengashi aʼzosi,

Press klub yetakchisi Azizbek Xudoyberdiyev