“Kamalak” sardorlar olimpiadasi boshlandi

Biz yoshlar uchun sevimli bo’lgan O’zbekiston yoshlar ittifoqining  tashkil topganiga 1 yil 7 oy bo’ldi. Shu fursat ichida ko’plab loyiha  va tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

Tadbirlarning  samarali va sifatli qilib  o’tkazilishida tashkilotning mutasaddi hodimlari  va albatta sardorlar kengashining hissasi katta.Men ayni damda O’zbekiston yoshlar ittifoqi Yangiariq tuman kengashida  “Press klub “ sardori sifatida faoliyat yuritmoqdaman.

Ittifoq tizimida faolioyat yuritayotgan sardorlar faol.Shuningdek sardorlarning ittifoq tizimi  haqida bilim ko’nikmalari, yoshlar tashkilotiga munosabat va fikrlarini bilish maqsadida, Tuman “Kamalak” sardori  Sobirov Ollanazar, “Ittifoq” sardori  Jumanazarova Gulmira tomonidan ish rejaga yangilik kiritgan holda “Kamalak” va “Ittifoq” sardorlar olimpiadasi  tashkil etildi.

Olimpiada 2 bosqichda , 1-hududiy, 2-tuman bosqichida o’tkaziladi.Bellashuvning hududiy bosqichida qatnashuvchi bosh sardorlar ittifoq tizimiga doir 25 ta test yechishadi shuningdek insho yozishadi .Test yechish va insho yozish uchun 1 yarim soat vaqt ajratiladi.2-tuman bosqichida ham huddi tarzda joriy yilning  fevral oyining ikkinchi o’n kunligida  bo’lib  o’tadi.

-Olimpiadaning hududiy bosqichlarini tumanimizdagi 9 ta  hududda tashkil qildik. Biz tuman sardorlar kengashi a’zolari bilan hududlarga borar ekanmiz sarorlarning ushbu olimpiadaga bo’lgan qiziqishlari juda yuqori ekanligiga amin bo’ldik. Olimpiadamizni boshqa yo’nalish sardorlari orasida ham o’tkazishni niyat qildik deydi:Yangiariq tuman “Kamalak”  sardori Sobirov Ollanazar. -Men sardorlarning faoliyatini kuzatar ekanman ularda ertangi kunga bo’lgan ishonch , mas’uliyat  hissi  katta  ekanligidan be vosita mamnunman. Sardorlar tashbbusi bilan tashkil qilingan” Ittifoq va Kamalak” sardorlar olimpiadasida g’olib bo’lgan sardorlar tuman kengashimiz tomonidan munosib  rag’batlanadi. Zero sardorlar faoliyati yaxshi bo’lsa o’quvchilar bilan samaradorligi yanada rivojlanadi deydi: Tuman “Kamalak” bolalar tashkiloti  raisi Madrimov Ixtiyor Baxtiyor o’g’li. Ta’bir joiz bo’lsa shuni aytish lozimki Prezidentimiz tashkil qilgan Yoshlar ittifoqining faol sardori bo’lish bu  bizning oliy maqsadimiz. Kelgusida nasib qilsa yurtboshimiz ishonchlarini, erishgan yutuqlarimiz  va say harakatlarimiz bilan oqlaymiz.

Chunki, biz  Ittifoq sardorlarimiz.

 

 Mahliyo Mumtoz
Yangiariq tuman

“Press” klub sardori