«Mening farzandim sardor»

Bugungi kunda O’zbekiston yoshlar ittifoqi tizimida faoliyat olib borayotgan sardorlarning ota-onalari mamnun.

Muhtaram yurtboshimizning bugungi kunda amalga oshirayotgan islohotlarining barchasi xalqimiz, yoshlarimizming ertangi faravon va nurli kelajagi uchun demakdir.

Shu o’rinda yoshlarimizning iste’dod va qobilyatlarini yuzaga chiqarishda,sog’lom raqobat muhitini yaratishda dasturiamal vazifasini o’tab kelayotgan O’zbekiston yoshlar ittifoqi bugungi kunda tom ma’noda mamlakatimiz yoshlarini ezgu maqsad yo’lida birlashtirgan desam mubolag’a bo’lmaydi albatta.

Bugungi kunda tashkilot tizimida umumiy o’rta ta’lim maktablarida,tuman(shahar), hududlarimizda Sardorlar Kengashi faoliyat olib bormoqda. Vatan taqdiriga befarq bo’lmagan,ezgu maqsad yo’lida birlashgan yoshlar qatorida mening farzandim Mahliyo Bekkamova ham O’zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Angor tuman Ittifoq sardori sifatida faoliyat olib bormoqda.

Tabiatan uyatchang,tez kirishimli bo’lmagan qizim tashkilotga a’zo bo’lib,bugungi kunda tumanda bo’lib o’tadigan barcha tadbir-u yig’ilishlarda ishtirok etib, ko’plab yutuqlarga erishib kelmoqda. Eng asosiysi qizim bugungi kunda mamlakat taqdiriga befarq bo’lmagan yoshlar qatorida ekanligidan faxr va g’urur tuyg’usini sezaman

Aziz ota-onalar siz ham farzandlaringiz taqdiriga befarq bo’lmang! Barcha shart-sharoitlardan unumli foydalanishlariga zamin yaratib bering.

Oynaxol Bekkamova