Ochiq darslar va to’garaklar samara beryabdimi?

7-fevral kuni Andijon qurilish va transport kasb-hunar kollejida «Yetakchilar malakasini oshirish» oyligi yuzasidan viloyat seminari tashkil etildi.

Seminarda Ittifoqning Andijon viloyat Kengashi raisi o’rinbosari Mansurbek Matisayev ishtirok etib, kollejdagi yaratilgan fan va hunarmandchilik to’garaklari faoliyati bilan qiziqdi.

-O’quvchilar tomonidan yaratilgan qo’l mehnatlari kundalik turmushimizda asqotadigan buyumlardan iborat. Ushbu buyumlarning bugun bozori chaqqon. Endilikda ushbu kollejda kichik tadbirkorlik korxonasi tashkil etishni rejalashtirmoqdamiz, deydi M.Matisayev.

Seminarda ochiq darslar va badiiy dasturlar tashkil etildi. Kollejning yetakchilar Kengashi aʼzolari bilan suhbat o’tkazildi.