Psixolog maslahati

— Farzandim besh yoshda. Nuqul taqiqlangan ishlarni qiladi. Avvaliga qiziquvchanligi sabab bo‘lsa ke­rak, deb e’tibor bermadim. Ammo ulg‘aygani sari bunday salbiy holatlar ko‘payib bormoqda. O‘g‘limning kelajagidan xavotirdaman. Nima qilsam bo‘ladi? Maslahat bering.

Mukarram AZIZOVA Qorako‘l tumani

Savolga psixolog Feruza TOLIPOVA javob beradi:
— Bu yoshdagi bolalar atrofda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni bir-biridan ajratish va tushunishni boshlaydi. Bunday paytda bolaga ota-ona e’tibori zarur. Ular farzandi bilan ko‘proq muloqotga kirishishi kerak. Masalan, birgalikda ertak o‘qish, multfilm tomosha qilish, ovqat tayyorlash mumkin.
Shuningdek, farzandingizni bag‘ringizga bosib, erkalating, uni yaxshi ko‘rishingizni, birdan-bir quvonchingiz u ekanini har kuni eslating. Bu harakatlar bolada keraklilik hissini uyg‘otadi. Natijada u sizning ko‘nglingizga qarab ish tuta boshlaydi.