Toshga aylanayotgan mehr

Rasul Hamzatovning «Mening dogʻistonim» kitobida «Agar belanchaklar uzra allalar aytilmaganda, ehtimol, dunyoda boshqa qoʻshiqlar yaratilmasdi» deb yozilgandi.
Ona farzandiga allani nima uchun aytadi? Hozir ba’zi onalarning alla aytganini eshitganmisiz? » Allaa-a-a-a-a-a! Ing-ng-ng-ng-ng-ng!» Yoki biror xit qoʻshiqning naqoratini takrorlaydi.
«Kim onasining allasini tinglamagan boʻlsa, yetim oʻsgan bilan baravar» deyilgan. Axir alla orqali bola tili va millatini tanib boshlaydi, shunday emasmi?
«Uxlasang – uxla. Serialam boshlanib ketdi»
Aytingchi, biz qanday seriallarni tinimsiz tomosha qilayapmiz? Turk seriallarini! Asosan nima tasvirlangan shavqatsizlik, hiyonat, adovat, toʻs-toʻpolon, ur-sur, hullas oʻzbek meintalitetimizga mutlaqo toʻgʻri kelmaydigan… Axir «Teatr- ibratxonadir» degan gap bekorga emas.
Quyosh qizdirgan kunlarning birida, ikki qoʻshni ayol suhbatlashib turganida birining uch yasharcha qizchasi, suvi toʻla kichikroq ariqqa (onasining bee’tiborligi) qizchaning oʻyinqaroqligi uchun tushib ketdi. Ikkinchi ayol «voooy tushib ketdi!» dedi. Qizchaning onasi yugurib bir qoʻllab, suvga sochlarigacha shalobbo boʻlgan qizchani ariqdan chiqardiyu, siltab shapatlab yubordi. Nega bunday qildi? Bolasining suvga tushib ketganidan qoʻrqib ketgani uchunmi?
Bolasining betarbiyaligidan noliyotgan bir ayol, maktabga ketish oldi harhasha ikkinchi sinf qiziga baqirib: «asablarimniyam tamom qilding» deya qoʻliga kichikroq tosh olib aylanib chopayotgan bolani ortidan quvib jahllanib toshni otib yubordi. Qizning oppoq koʻftasi qipqizil boʻldi. Tagʻin izidan «agar yana asabimga tegsang boshingni qayta yoraman» qoʻshimcha qildi.

Bunaqangi «tarbiya»lash kimlar uchundir oddiy holdir. Qattiq qoʻllikni shavqatsizlik bilan almashtirayotgandir. Siz nima deysiz?

Mavluda Samariddinova