1 savolga 1 javob

— O‘rindoshlik asosida ishlaydiganlarga ish haqi qanday tartibda to‘lanadi?

Savolga huquqshunos Javohir SHAMSUTDINOV javob beradi:
— Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi qarori asosida tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir nechta kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ko‘ra, o‘rindoshlar mehnatiga ishbay (haqiqatan bajarilgan ish uchun) yoki vaqtbay (ishlangan vaqt­ga mutanosib tarzda) haq to‘lanishi mumkin.
Ishbay shaklda ish haqi ishning qiy­mati bo‘yicha hisoblanadi.
Vaqtbay tizimida esa, agar o‘rindoshga normalangan topshiriq belgilansa, u holda maosh xodim tomonidan amalda bajarilgan ish uchun o‘sha ishning pirovard natijasiga qarab to‘lanadi.
Odatda o‘rindoshlik asosida ishlovchilarga mehnat haqi, qo‘shimcha haq, mukofot, ustama va rag‘batlantirishlar tashkilotning barcha xodimlari uchun belgilangan tartibda to‘lanadi.