Bilasizmi?

Koinotda inson qulog‘i eshita oladigan tovush yo‘q. Lekin bu ga­laktikamizda jimjitlik hukm suradi, degani emas.
Kosmosda turli-tuman elektromagnit signallar, masalan, radioto‘lqinlar mavjud. Ba’zi asboblar ularni ilg‘ab, tovushga aylantira oladi. Shu asnoda, koinotdagi signallarni ma’lum ma’noda
“eshi­tishimiz” mumkin.

“Kumushli sunami” iborasi Yer yuzida keksalar salmog‘ining uzluksiz ortib borishini anglatadi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng aholi soni­ning keskin o‘sishi kuzatilgan. Avj pallasi 40-yillar o‘rtalari hamda 60-yillar oxiriga to‘g‘ri kelgandi. O‘sha davrda tug‘ilgan insonlarning aksariyati hozir pensiya yoshiga yetgan. Bu, o‘z navbatida, keksalar uchun zarur infratuzilma (tibbiyot va ijtimoiy xiz­matlar)ga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda.

Rohatoy QODIROVA tayyorladi.