#Bookchallenge Qarshi tumanida…

Har bir rahbar oʻzi taʼlim olgan maktabiga kitoblar jamlanmasini sovgʻa qilishi haqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishida taʼkidlab oʻtgan edi.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qarshi tuman Kengashi Boshlangʻich Tashkilotlar bilan ishlash boʻyicha bosh mutaxassis, «Kamalak» bolalar tashkiloti raisi Shaxzod Rajabov oʻzi taqsil olgan Qarshi tumanidagi 9-umum taʼlim maktabiga tashrif buyurdi va oʻzining kitoblar jamlanmasini sovgʻa qildi. Bu esa kitobxonlikka qoʻshilgan kichik bir xissa deya ayta olamiz.

Azizbek Xudoyberdiyev