Milliy mentalitet(xoslik) — qo‘rg‘on!

Darhaqiqat, milliy mentalitet — bu qo‘rg‘on! U o‘zini muayyan xalqqa daxl­dor bilishga imtiyoz beradi. Va o‘zigagina tegishli hududlar (qadriyatlar, udumlar)ga rioya qilish va zarur holda ularni himoya qilishga chorlaydigan burch. Bu esa, kishiga “bu — mumkin”, “bu — xavfli” deya yo‘l ko‘rsatadi, gohida mas’uliyat yoki maj­buriyat ham yuklaydi. Bu qo‘rg‘onni boy bergan yoki uni “xom” o‘ylaganlarga esa “bu kerakmi?”, “u aslida, noto‘g‘ri”, deya kengfe’llik(liberallik) beradi.

Aslida o‘ziga taalluqli biror narsa(!)ni jon-jahd bilan himoya (konservatorlik) qilish qahramonlik – faxr! Bo‘lmasa bugungi kichik yon berishlar ertaga katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lishini tarix bot-bot isbotlagan.
Bugun har gapning birida “chet ellik mutaxassislar kelsin”, “bizda kadrlarga ehti­yoj yuqori”, de­yish ham muammoga yechim bo‘larmikan? To‘g‘ri, ularda ilm va xalqaro tajriba bordir, lekin o‘zlikni himoya qilish ham kerak-da. Tog‘ay Mu­rod aytganidek, “mehmondo‘stlik” degan bebaho tushuncha ham “qo‘rqoqlik”ka yo‘g‘rilib ketaveradi-da.
O‘zlikni mustahkam tutsak, har qanday xorij­lik ham BIZ bilan o‘ylab gaplashadi: hech qursa, “bu qiliqlarimizni ular qabul qilmaydi”, deb o‘ylarmidi. Hozirgidek, “sizning bu odatingiz to‘g‘ri emas”, deya, bizga, bizdan ortib ota-bobo­larimizga tanbeh bergandek, og‘ziga kelganini aytmaydimi, deyman-da, do‘stim!

Bahodir JOVLIYEV