«Onamga sovg’a» loyihasi birinchi marotaba yetakchilar kengashida

Respublikamizda Yetakchilar Kengashi aʼzolari uchun mart oyi «Yetakchilar Kengashi tizimini isloh qilish va takomillashtirish» deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati yetakchilar Kengashi a’zolari yurtimizning ko’rkam joylaridan biri bo’lmish Shahrisabz shahrida qo’nim topgan, baland qad rostlab turgan «Oq saroy» minorasi yonida o’z loyihlarini amalga oshirishdi.

Loyihamizning boshlanish qismida onajonlarimiz uchun Shahrisabzning ajoyib iqtidorli yoshlari ko’p bo’lgan 20-sonli Bolalar musiqa maktabida onalarimizga bag’ishlangan rang-barang sahnalarga boy chiqishlar, diltortar navolar hamda eng avjiga boy qismi esa «Dutorchi qizlar» ansambli o’zining navosi bilan onajonlarimizga anchagina ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.

Ushbu loyihamizning keyingi qismida esa Hududiy va Mahalliy yetakchilar Kengashi o’zlarining onalari bilan birgalikda Shahrisabz shahrining ko’rki bo’lib turgan yangi «Madaniyat saroyi» ga tashrif buyurishdi. Bu jarayonlarda onajonlarimiz ushbu saroyning muzeyiga kirib borish mobaynida viloyatimiz qolaversa yurtimizning tarixini yaqqol namoyon e’tib turgan eksponatlarga ko’z tashlashdi.

«Yetakchilar kengashi tizimida ayni damdagi oylik «Yetakchilar kengashi tizimini isloh qilish va takomillashtirish» oyligida faol tarzda faoliyat yuritib kelayotgan yetakchilar oylik mobaynida Mahalliy yetakchilar Kengashlari aro do’stlik aloqalarini mustahkamlash e’tiborda tutilgan edi. Bugungi Shahrisabz shahridagi tashrifham ularning do’stlik aloqalarini yanada mustahkamladi», —deydi Qashqadaryo viloyati yetakchilar Kengashi raisi Davlat Nazarov.

Taqdirlash o’z nihoyasiga yetgach Qarshi shahar yetakchilar Kengashi raisining onajonlari Jo’rayeva Muqaddas – «Har bir ota-ona farzanding ortidan yaxshi nom, maqtov eshitsa bu ularning quvonchidir, zero bizning farzandlarimizham O’zbekiston yoshlar Ittifoqining faol a’zolaridan biri ekanligidan faxrlanamiz» deb bugungi «Onamga sovg’a» loyihamizga yakun yasab berdilar desak mubolag’a bo’lmaydi.

Qashqadaryo viloyati Yetakchilar Kengashi