O‘zbekistonlik qiz Rossiyaning “Pesni” teleshousida Timati va Bastani maftun qildi (video)

Toshkentlik Sayyora Musayeva TNT telekanalidagi “Pesni” shousining ikkinchi mavsumida saralash bosqichidan o‘tdi, deb yozadi Repost.

Foto: Repost

Jyuri a’zolari Timati va Basta o‘zbekistonlik qizni bir ovozdan navbatdagi bosqichga o‘tkazdi.

33 yoshli Sayyora o‘z chiqishidan avval 12 yildan buyon sahnada chiqish qilmaganligini ma’lum qildi. U ikki yil davomida AQShda yashagan va u yerda metrodagi musiqachilardan ilhomlanib, yana sahnaga qaytishga qaror qilgan.

Eslatib o‘tamiz, TNTning “Pesni” shousi birinchi mavsumida o‘zbekistonlik Oleg Ternovoy g‘olib bo‘lgan va Black Star leybli bilan shartnomani qo‘lga kiritgan edi.