Psixolog maslahati

— Avvallari tikish va to‘qish sevimli mashg‘ulotim edi. Hozir nimagadir bunga sabrim yetmayapti. Bu tabiiy holatmi?

Gulnoza TESHAYEVA
Sebzor tumani

Savolga psixolog Feruza TOLIPOVA javob beradi:

–– Inson yoshi o‘tgan sayin qiziqishlari ham o‘zgarib borishi tabiiy. Bunga nafaqat yosh, balki mavjud muhit va atrofingizdagi insonlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Balki, siz yillar davomida faqat o‘sha mashg‘ulotlarni bajaraverganingiz uchun ko‘nglingizga sig‘mayotgandir.
O‘zingizni boshqa ishlar bilan chalg‘iting, Masalan, kitob o‘qish kishini o‘zga olamga xayolan sayohat qilishga chorlasa, gullar ekib, ularni o‘stirish estetik zavq beradi. Orada to‘qish yoki tikish uchun o‘zingizga ma’lum vaqtni belgilang.