1 savolga 1 javob

— Agar er hovlini butunlay xotiniga bersa, aliment to‘lamasligi mumkinmi? Bu holatda ularning nechta farzandi borligi ahamiyatga egami?

                                        Anonim savol

Savolga huquqshunos Javohir SHAMSUDDINOV javob beradi:

— Qonunchiligimizda ko‘chmas yoki ko‘char mulk hamda boshqa qimmatli ashyolarni aliment hisobiga berishga ruxsat etilgan. Bunda er-xotin o‘rtasida garov shartnomasi tuziladi. O‘rtada nechta farzand borligining esa, ahamiyati yo‘q.
Aliment oldindan to‘langan yoki to‘lov ta’minoti uchun garov shartnomasi tuzilgan taqdirda, garov miqdori eng kam ish haqining 250 baravarini tashkil qilsa, qarzdorning mamlakatdan chiqishiga bo‘lgan cheklov olib tashlanadi.
Alimentni oldindan to‘lash yoki aliment majburiyatlari ta’minoti bo‘yicha garov shartnomasini tu­zish tartibini O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.