1 savolga 1 javob

— Men ishdan bo‘shab, yangi ishga joylashyapman. Foydalanmagan ta’tillarim uchun hisob-kitob qanday amalga oshiriladi?

Mastura OMONOVA Toshkent shahri

Savolga huquqshunos Javohir SHAMSUDDINOV javob beradi:

— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 151-moddasida ko‘rsatilishicha, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun pullik kompensatsiya to‘lanadi.
Xodimning xohishiga ko‘ra, pullik kompensatsiya yillik ta’tilning eng oz muddati (o‘n besh ish kuni)dan ortiqcha qismi uchun ham to‘lanishi mumkin.