1 savolga 1 javob

— Xorijga chiqish pasportini olish tartibi haqida ma’lumot bersangiz.

Iqbol MASHARIPOV
Urganch shahri

Huquqshunos Javohir SHAMSUDDINOV javob beradi:

— Xorijga chiqish biomet­rik pasportini olish uchun fuqaro doimiy ro‘yxatda turadigan joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punkti (pasport stoli)ga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
— ariza-anketa;
— biometrik pasport yoki ID-karta, 16 yoshga to‘lmaganlar uchun esa, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma;
— ilgari berilgan xorijga chi­qish biometrik pasporti (mavjud bo‘lsa);
— harbiy guvohnoma (harbiy xizmatga majburlar uchun);
— davlat boji to‘langani to‘g‘risidagi kvitansiya;
— ota-ona yoki vasiylarning fuqaroning xorijga chiqishiga notarial tasdiqlangan roziligi (voyaga yetmaganlar uchun);
— fuqaroga hamrohlik qiluvchi shaxsning notarial tasdiqlangan majburiyati (voyaga yetmaganlar uchun).
Pasport 10 ish kunida tayyorlab beriladi. Lekin xorijga zudlik bilan chiqish talab qilinganda, masalan, shoshilinch davolanish zarurati tug‘ilsa, fuqaroning yaqin qarindoshi og‘ir ahvolda bo‘lsa yoki vafot etgan taqdirda, bu muddat 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
Xorijga chiqish pasporti dunyoning istalgan davlatida amal qiladi.