Bo‘kamizni tanib bo‘lmaydi!

Shu kunlarda Bo‘ka tumaniga poytaxtdan ko‘pchilik serqatnov bo‘lib qoldi. “Nima gap?” deysizmi. Ie, hali ham bexabarmisiz, do‘stim?! Axir, Prezidentimiz tomonidan yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus aynan shu yerdan ro‘yobga chiqarila boshlandi-ku.
Mana bir haftaki, bo‘kaliklarga (harqalay, mutasaddi rahbarlarga ham!) tinim yo‘q. Ayniqsa, tumanning eng olis va chegara oldi hududi — Bo‘ston qishlog‘i bamisoli ta­nib bo‘lmas qiyofa kasb etmoqda. Bir qarasang, chang ko‘chalar asfaltlanyapti, bir qarasang, nurab qolgan Madaniyat uyining binosi endi yap-yangidek savlat to‘kib turibdi.
Tez fursatda xalq kutubxonasi, yoshlar xiyoboni, stadion, oilaviy poliklinika ham to‘liq rekonstruksiya qilinib, qishloq ahli ixtiyoriga topshiriladi. Zamonaviy tikuv-trikotaj fabrikasi qurilayotganini aytmaysizmi. Bay-bay, korxonada naq 300 kishi ish bilan ta’minlanadi-ya! Farovon turmush uchun yana nima kerak?!
Xullas, gapni cho‘zib o‘tirmay, butun jarayonni jamoatchi fotomuxbiri­mizning o‘tkir nigohi bilan tasvirlashga qaror qildik. Illo, yuz marta eshitgandan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzal.