1 savolga 1 javob

— Ishga kirayotganda hamma tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerakmi?

Zamira ERGASHEVA
Navoiy shahri

Savolga gazetamizning doimiy eksperti, huquqshunos Javohir SHAMSUDDINOV javob beradi:

— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 214-moddasiga binoan, quyidagi shaxslar ishga olinayotganda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazi­lishi shart:
— 18 yoshga to‘lmaganlar;
— 60 yoshga to‘lgan erkaklar va 55 yoshga to‘lgan ayollar;
— nogironlar;
— mehnat sharoiti noqulay ishlarda, tungi smenada yoki transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lgan fuqarolar;
— oziq-ovqat sanoatida, savdo va aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlarda band bo‘lgan fuqarolar;
— umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim hamda boshqa muassasa­larning bevosita bolalarga ta’lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagoglari va xodimlari.
Ushbu ro‘yxatdagi xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bo‘yin tovlashga haqli emas. Tibbiy ko‘rikdan o‘tish xarajatlarini ish beruvchi qoplaydi.