Vatan, doʻstlik va baxtli bolalik uchun…

17-19-iyun kunlari Yakkabogʻ tumanidagi «Mirzo Ulugʻbek» oromgohida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va «Kamalak» bolalar tashkiloti sardorlar anjumani tashkil etildi.

Anjumanda Hududiy va Mahalliy 250 nafardan ziyod sardorlar ishtirok etishdi. Uch kun davomida boʻlib oʻtgan anjumanda «Sardorlar paradi», «Doʻstlik festivali», «Tongi fleshmob», «Mehrli bogʻichlar», «My Dream» loyihalari hamda Viloyat Kengashi raisi Shomurod Sattorov tashrifi va Milliy gvardiya harbiylarining tashrifi kuzatildi.

Shuningdek bir yil davomida faol boʻlgan sardorlarimizni taqdirlash marosimi ham boʻlib oʻtdi.
Sardorlarimizni keyingi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Azizbek Xudoyberdiyev