Bolani davlat bog‘chalariga joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?

— Bolani davlat bog‘chalariga joylashtirishda kimlarga imtiyoz beriladi?

Dilnoza ATOYEVA
Toshkent shahri

Savolga huquqshunos Gulbahor RASULOVA javob beradi:

— Bolalarni davlat bog‘chalariga joylash­tirishda nogiron shaxslarning, uch nafar yoki undan ko‘p bolasi bo‘lgan oilalarning, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining, talabalar va pedagoglarning farzandlari, yetim yoki ota-ona qarovisiz qolgan hamda aka yoki opa­lari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo‘lgan bolalarga maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganda bi­rinchi navbatda yo‘llanma beriladi.