Hali hammasi oldinda

Yoshlar ittifoqining Ellikqal’a tumani kengashi “Orol” bolalar dam ­olish oromgohida “Yozni “Kamalak bilan” loyihasini amalga oshirmoq­da. Uning doirasida “Kamalak” bolalar tashkiloti sardorlari dam oluv­chilarga konsert dasturini namoyish etdi.
— Oldinda bolajonlarni bir qancha festivallar, ijodiy uchrashuvlar, badiiy tadbirlar kutmoqda, — deydi tuman “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi Alisher Xudoyberganov. — O‘quvchilarning qiziqishini imkon qadar inobatga olishga harakat qilyapmiz.

Malik SINDOROV