Ko‘mak

Ko‘chaga o‘ynagani chiqqan bolakay uyiga kech kirib keldi.
— Shu paytgacha qayerlarda yuribsan, xavotir olib o‘tiribman, — tergadi onasi.
— Kechiring, oyijon, do‘stimga yordam berdim, uning velosipedi buzi­lib qoldi, — dedi u mo‘ltirab.
— Sen velosiped tuzatishni bilmasang, qanaqasiga yordam berding, axir?!
— To‘g‘ri, oyijon, lekin u yig‘la­ganda yonida turib ovutdim, tashlab ketolmadim!

Inglizchadan Ilhom ABDULLAYEV tarjimasi.