— Oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlaridagi savollar yuzasidan shikoyat arizasi yozish tartibi qanday?

— Oliy o‘quv yurtiga kirish imtihonlaridagi savollar yuzasidan shikoyat arizasi yozish tartibi qanday?

Fayoz AHMEDOV Navoiy shahri

Savolga yurist Farrux XUDOYBERDIYEV javob beradi:

— Apellatsiya shikoyati Davlat test markazi yoki uning viloyat bo‘linmalariga topshiriladi (agar viloyatda bo‘lsangiz, Toshkentga kelish shart emas, viloyat bo‘linmasiga murojaat qilasiz).
Shikoyat 20-30-avgust kunlari ko‘rib chiqiladi.
Shikoyatingiz qabul qilingani haqida sizga 3 kun ichida javob beriladi va qachon kelishingiz aytiladi, pasport va abituriyent ruxsatnomasi bilan borasiz.
Arizada shikoyatingizni yozib, abituriyent ruxsatnomasini ilova qilasiz. So‘ngra javoblar varaqasidan nusxa, noto‘g‘ri javoblar va test topshiriqlari ro‘yxati taqdim etiladi.
Ko‘proq ma’lumot olish uchun “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomi” bilan tanishib chiqishingiz mumkin.