— Yillik ta’tillar davri uchun haq to‘lanadimi?

— Yillik ta’tillar davri uchun haq to‘lanadimi?

Zamira TOSHTEMIROVA

Jomboy tumani

Savolga gazetamizning doimiy eksperti Javohir SHAMSUTDINOV javob beradi:

— Ha, to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 148-moddasiga ko‘ra, yillik ta’tillar davri uchun xodimga o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda haq to‘lash kafolatlanadi.
Ta’til uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida belgilangan muddatlarda, lekin ta’til boshlanishidan oldingi ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.