Birinchi “Yoshlar mehmonxonasi”

Prezidentimizning “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Yoshlar Ittifoqi tashabbusi bilan Xivada ilk “Yoshlar mehmonxonasi” foydalanishga topshirildi.

Asosan yosh sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi mehmonxona 300 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Mehmonxonada tennis, bilyard va fitnes zallari, kovorking markazi tashkil etilgan. Mehmonxonaning katta zalida Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda sohadagi turli taqdimot­lar, moliya, boshqaruv va xorijiy tajriba, yangi texnologiyalar, oila va psixologiya, sport va boshqa qiziqarli ma’lumotlarni qamrab olgan semi­nar-treninglar tashkil etish rejalashtirilgan. Bu yerda 50 ish o‘rni yaratilgan bo‘lib, shundan 30 o‘ringa yoshlar qabul qilindi.
— Asosiy maqsadimiz yosh sayyohlarni qadimiy Xorazmning ko‘hna shaharlari, tarixiy obidalari, betakror tabiati, urf-odat va an’analari bilan oshno etish, xorijiy sayyohlarni jalb qilish, ular e’tiboriga O‘zbekistonning iqtisodiy-siyosiy, madaniy, tu­rizm salohiyatini namoyish etuvchi ko‘rgazmalarni taqdim qilish, — dedi mehmonxonaning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov. — O‘ylaymanki, bu xayrli tashabbus yurtimizda yoshlar turizmi va mehmondo‘stlik industriyasining o‘sishiga munosib hissa qo‘shadi.
Kelgusida bunday mehmonxonalar barcha viloyat markazlarida barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

Muxbirimiz