«Digital Generation Uzbekistan» loyihasi Andijonning kollejlarida targ’ib etilmoqda

Xabaringiz bor, O’zbekiston yoshlar ittifoqi va Toshkent shahridagi INHA universiteti bilan hamkorlikda 2 marotaba «Digital Generation Uzbekistan» loyihasi o’tkazildi.

Ayni paytda loyiha ishtirokchilari o’z hududlarida loyiha targ’iboti va seminarlari tashkil etyapti.

-Bugun Andijon turizm va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji va «Temurbeklar maktabi» o’quvchilari bilan raqamli avlod loyihasi bo’yicha targ’ibot uchrashuvi o’tkazdim. Loyihaga qiziquvchi yoshlar talaygina. Ular bilan tizimli ishlar tashkil etishni kelishib oldik, deydi loyiha ishtirokchisi Avazbek Arabboyev.