Ijtimoiy tarmoqdagi yoshlarga murojaat: Tahlil qilishni o’rganing, tanqidni emas!

Xalqaro maydonlarda mamlakatlar o’zining asosiy kuchi sifatida yoshlariga ishonadi. Bugun O’zbekiston ham boshlagan islohotlatlarining davomchisi sifatida mamlakat yoshlariga tayanadi. Millionlab o’zbek-yigit qizlari mamlakatimiz rivojlanishida o’zining beqiyos hissasini qo’shishi uchun tinmay o’qib mehnat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan yaratilayotgan ulkan sharoitlar tufayli Andijon viloyatida ko’plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu kabi sa’y-harakatlar hamda mehnatlar ijtimoiy tarmoqlar va chet el ommaviy axborot vositalarida noto’g’ri talqin etilayotgani bor gap.

Har qanday axborotni tarqatishda, uni sinchkovlik bilan o’rganib, ikkala tomonning fikrini eshitib ishonchli tarzda tarqatish prinsipini qo’llash kerak deb o’ylayman. Yana bir gap, ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning asosiy o’rnini egallamoqda, kundalik turmush tarzimizda asqotyapti, korimizga yarayapti. Ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan ishonchsiz xabarlarni o’qigan foydalanuvchi faollar (ayniqsa yoshlar) o’zining turli-xildagi salbiy fikrlarini bildirayapti.

Ijtimoiy tarmoqdan foydali foydalansakkina u bizga do’st. Men barcha yoshlarga do’stona maslahat bermoqchiman, internetdan unumli foydalaning, vaqtingizni bekorga sarflamang, tarmoqlardagi sayoz va ishonchsiz ma’lumotlar o’rniga ko’proq kitob o’qing, shunda siz yutasiz. Jamiyatda o’z o’rningizga ega bo’lishni istasangiz ertangi kuningiz uchun ilm va bilim izlashingiz kerak. Bir chetda tarmoq “ichida” qolib ketmang.

Oybek Yuldashev
O’zbekiston yoshlar ittifoqi
Andijon viloyat Kengashi raisi